To'g'ridan-to'g'ri brauzeringizda ishlovchi tezkor onlayn veb-konverter hamda Microsoft Word va Excel uchun yagona avtomatlashtirilgan o'rnatuvchi ekotizimi. Hujjatlaringiz formatini buzmasdan 1-klikda sifatli o'giring.
Matnni kiriting yoki joylang — dvigatel avtomatik ravishda yozuv turini aniqlaydi va bir zumda belgilangan alifboga o'giradi.
Dastur va MS Office makrosidagi «Yangilanishlarni tekshirish» tugmasi to'g'ridan-to'g'ri ushbu sahifaga ulanadi
Dastur yangi ishlab chiqilgani va bepul ochiq taqdim etilayotgani sababli (pullik xalqaro EV sertifikatisiz), brauzer va Windows Defender uni «kam yuklab olingan» deb ogohlantirishi mutlaqo tabiiy. Dastur 100% toza va xavfsiz.
Ogohlantirish oynasida «Скачать подозрительный файл» (yoki «Baribir saqlash») tugmasini bosing. Yoki yuqoridagi ZIP arxiv tugmasi orqali yuklab oling.
Ko'k oynadagi «Подробнее» (Batafsil) havolasini bosing, so'ng paydo bo'ladigan «Выполнить в любом случае» (Baribir ishga tushirish) tugmasini bosing.
Program Files\JMA\JMA Alifbo katalogiga o'rnatiladi va Ish stoliga (Desktop) qulay yorliq chiqaradi. Office dasturlaridan alohida mustaqil ishlaydi.
STARTUP papkasiga makrosni avtomatik joylaydi. Word ochilganda lentada (Ribbon) "JMA Alifbo" tugmalari paydo bo'ladi.
XLSTART papkasiga Excel modulini avtomatik joylaydi. Jadvallar katakchalari matnini formatlashni buzmasdan bir zumda o'giradi.
3 xil fayl o'rniga bitta yagona Setup. Word va Excel kataloglarini avtomatik topib, to'g'ri sozlaydi.
Katta hajmdagi elektron jadvallar va katakchalarni formula hamda ranglarini buzmasdan o'girish imkoni.
Lentadagi "Qaytarish" tugmasi orqali o'girilgan matnni bir klikda avvalgi holatiga qaytarish mumkin.
Alt+Q (amaldagi lotin), Alt+W (kirill), Alt+E (yangi lotin: ō, ğ, ş, ç). Word'da muqobil Ctrl+Alt+Q/W/E ham bor.
Avvalgi makroslar xavfsiz zaxiralanadi. Windows Sozlamalari (Ilovalar) orqali toza o'chirish (Uninstall) qo'llab-quvvatlanadi.
Office o'rnatilmagan bo'lsa, xatoliksiz o'tkazib yuborilib, mustaqil desktop dastur to'liq sozlanadi.
Oldingi versiyaga ehtiyoj sezgan foydalanuvchilar uchun oxirgi barqaror nashr
Inno Setup asosidagi MS Word o'rnatuvchi fayli. Kichik va o'rta hajmdagi matnlar uchun barqaror vosita.
⚠️ Yangi funksiyalar (Excel, Qaytarish, yangi alifbo) uchun har doim yuqoridagi v1.3 universal o'rnatuvchisidan foydalanish tavsiya etiladi.
Maxsus texnik bilim talab etilmaydi — avtomatlashtirilgan o'rnatuvchi barcha amallarni o'zi bajaradi
Yuqoridagi tugma orqali JMA-Alifbo-Setup-1.3.exe o'rnatuvchi faylini kompyuteringizga yuklab oling.
Word va Excel oynalarini to'liq yoping. Faylni ishga tushirib "O'rnatish" tugmasini bosing — dastur barcha makroslarni o'zi to'g'ri joylaydi.
Word yoki Excel'ni oching — yuqori lentada (Ribbon) "JMA Alifbo" tugmalari tayyor bo'ladi. Matnni belgilang va 1-klikda yoki Alt+Q/W/E orqali o'giring!
O'rnatish yoki ishlash jarayonida savollaringiz bo'lsa: @JMApro_bot orqali yozing →
Muallif bilan bevosita aloqa: @JaloliddinMuminov • Tel: +998 90 166 99 44